“Barselona”dan navbatdagi yirik gʻalaba
Kecha, 7-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida “Barselona” klubi oʻz maydonida “Malyorka” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida Xans Flik jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 29-daqiqada Robert Levandovski tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 61-daqiqasida Lamin Yamal ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. 83-daqiqada zahiradan oʻyinga qoʻshilgan Mark Bernal hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi. Taʼkidlash kerakki, bu 17 yoshli Bernalning La Ligadagi dastlabki goli boʻldi.
Shu tariqa oʻyin “kataloniyaliklar”ning yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalaba evaziga “Barselona” klubi turnir jadvalida yaqqol peshqadam boʻlib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring