“Barselona” Markus Reshfordni toʻliq sotib olmoqchi

“Barselona” klubi Markus Reshfordni “Manchester Yunayted” jamoasidan toʻliq sotib olmoqchi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, Kataloniya klubi 2025-yil iyun oyida jamoaga ijara asosida qoʻshilgan futbolchini endi toʻliq sotib olishga harakat qilmoqda.
Jamoalar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, futbolchining toʻliq transferi 25 million funt (taxminan 29 million yevro) miqdoridagi kafolatlangan toʻlov evaziga amalga oshadi. Shuningdek, kelishuvda qoʻshimcha 5 million funtgacha (7 million yevro) miqdorida bonuslar ham nazarda tutilgan. Ular futbolchining muayyan koʻrsatkichlarga erishishiga bogʻliq boʻladi.
Maʼlumot uchun, Markus Reshford joriy mavsumda “Barselona” safida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirishni uddalagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring