“Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 2-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 11-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Barselona” klubi oʻz maydonida “Elche” bilan toʻqnash keldi.
Uchrashuvda “kataloniyaliklar” 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinda hisob 9-daqiqada Lamin Yamal tomonidan ochildi. Oradan 2 daqiqa oʻtib Ferran Torres hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
Taym tugash arafasida “Elche” klubi oʻyindagi yagona javob golini kiritdi. Ushbu golga Rafa Mir mualliflik qildi. Birinchi boʻlim 2:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 61-daqiqasida Markus Reshford oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi. Yakuniy hisob 3:1 “koʻk-anorranglilar” foydasiga.
Maʼlumot uchun, “Barselona” klubi keyingi oʻyinini 6-noyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kuni jamoa UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Bryugge” mehmoni boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring