“Barselona” “Atletik”ni ayab oʻtirmadi
Kecha, 7-yanvar kuni Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogi musobaqasi start oldi. Musobaqaning dastlabki oʻyinida “Barselona” klubi “Atletik Bilbao” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Jidda shahrida joylashgan “Al-Inma” stadionida kechgan bahs nominal mezbonlarning yirik gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchinda hisob 22-daqiqada Ferran Torres tomonidan ochildi. Oradan 8 daqiqa oʻtib, Fermin Lopes hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.
34-daqiqada Runi Bardgʻji Kataloniya klubining uchinchi golini kiritdi. Oradan 4 daqiqa oʻtib esa Rafinya tanaffusga jamoalarning 4:0 hisobida yoʻl olishini taʼminladi.
Ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida Rafinya oʻyinda dublga erishdi. Shu tariqa, bahs 5:0 hisobida Xans Flik jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Endi “Barselona” Ispaniya Superkubogining final oʻyinida “Real Madrid” — “Atletiko Madrid” uchrashuvi gʻolibiga qarshi maydonga chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring