“Baron–2: Sogʻinch” filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston va Rossiya kinoijodkorlarining xalqaro terrorizmga qarshi kurash mavzusiga bagʻishlangan birinchi loyihasi “Baron–2: Sogʻinch” filmining maxsus (yopiq) premyerasi boʻlib oʻtadi.
Dastlab, “Yulduz” kinoteatrida soat 15:00 da OAV uchun matbuot anjumani hamda soat 16:00 da filmning maxsus premyerasi oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, film Inferno (Rossiya) va Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olindi. Rejissyor Rustam Saʼdiyev. Filmda bosh rollarni Farhod Mahmudov, Kaan Urganjioʻgʻli, Igor Lifanov, Viktor Verjbitskiy, Viktoriya Tolstoganova ijro etgan.
Kartina real voqealarga asoslangan. Unda ikkala davlatning maxsus xizmati xodimlarining terrorchilik harakatlarining oldini olish boʻyicha hamkorlikdagi amalga oshirgan ishlari koʻrsatilgan.
Syomka jarayonlari Oʻzbekistonda, shuningdek Turkiya, Misr, Shveysariya, Suriya va Rossiya kabi davlatlarida boʻlib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring