Banklarning ustav kapitali miqdori oshirilmoqda
Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Senatning o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Ta’kidlanganidek, Qonun bilan banklar ustav kapitali miqdorini 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab 2025 yilning 1 yanvarigacha bosqichma-bosqich yuz milliard so‘mdan besh yuz milliard so‘mgacha oshirib borish to‘g‘risidagi talablarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Mazkur me’yorning kiritilishi banklarni kapitallashtirish darajasi hamda resurs bazasini oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha huquqiy shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha kredit berish imkoniyatini yaratadi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Shuningdek, Qonunga ko‘ra norezidentlar tomonidan banklarning aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda. Xalqaro bozorlarda ommaviy joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish soddalashtirilmoqda.

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Senatorlarning ta’kidlashicha, mazkur Qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‘zgarishlar jarayonlarida ishtirok etishini kengaytirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»

Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring