“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qoʻlga olindi
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.
Jumladan:
— 1971-y.t. Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);
— 1980-y.t. Sharipov Dilshod Tulkinovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
— 1972-y.t. Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik).
Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga hilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan. Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring