Avtomobillar uchun “ekostiker” berish muddati 2025-yilning 1-martiga qoldirildi
Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi qarori bilan barcha toifadagi avtomototransport vositalariga ekologik stikerlarni joriy etish muddatlariga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, tizim 2025-yilning 1-martidan boshlab yoʻlga qoʻyiladi.
Hukumatning avvalroq qabul qilingan qarorida bu muddat 2024-yil 1-iyun deb koʻrsatilgandi.
“Ekologik transport” tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha normativlarga mosligi nazorat qilinadi.
Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga boʻlinadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayyan zonalarga kirishi cheklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring