Avtomobillar olib kirishda bojxona toʻlovlari stavkalari pasaytiriladi

11:43 22 Fevral 2022 Jamiyat
1660 0

“Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–137-son, 21.02.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, avtomobillar olib kirishda bojxona toʻlovlari stavkalari pasaytirilishi belgilandi.

Shunga koʻra, 2023-yil 1-yanvargacha bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga qisqartiriladi.

Bunda avtomobil dvigateli quvvati boʻyicha qoʻshimcha koeffitsiyent miqdori ham qisqartiriladi.

Shuningdek, avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qoʻshimcha koeffitsiyentlar 2023-yil 1-yanvardan ikki baravarga pasaytiriladi.

Bojlar Oʻzbekiston bojxona chegarasini kesib oʻtish davrida ishlab chiqarilganiga faqat 1 yildan oshmaydigan yangi transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер