Atmosfera havosining zararlanishini oldi olinmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Bugun respublikamizda sanoat korxonalarining faoliyati mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, ularning ekologiyaga taʼsir doirasi qay darajada? Zero, hech bir korxona yoʻqki, mavzuga aloqador boʻlmasa! Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan press tur davomida shu savollarga javob olindi.
Tadbir davomida Andijon tumanida joylashgan energiya saqlovchi bazalt plitalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Everest bazalt” MCHJ faoliyati kuzatildi. Loyiha qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etib, yiliga 25 ming tonna issiqlik saqlovchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ushbu korxona ishga tushgach, 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Tashkilotga energiya tejamkor, ekologiya, atrof-muhitga taʼsiri yoʻq, soʻnggi rusumdagi texnologiyalar oʻrnatilgan. Ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xom ashyolardan foydalanilmoqda. Mahsulotning 35-40 foizini eksport qilish rejalashtirilgan.


– Atmosferaga zararli moddalarni tarqatmaslik uchun korxonaga chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatilgan, – deydi boshqarma masʼul xodimi Lochinbek Isomiddinov. – Uning havo tozalash samaradorligi 99 foizdan kam emas. Ushbu korxona Davlat ekologik ekspertizasi bergan xulosasi talablariga toʻliq rioya qilgan holda ishlamoqda.

Tadbir davomida taʼkidlanganidek, viloyatda 512 ta korxonalar tomonidan chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish orqali atmosfera havosiga tashlanadigan 53,4 tonna tashlamlar tashlanishining oldi olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring