Asaka tumanida yosh fermerlar forumi boʻlib oʻtdi
Asaka tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yigʻinida agrar sohada faoliyat yuritayotgan yosh fermerlar ishtirokida forum tashkil etildi. Tadbirda yosh fermerlar, tomorqa egalari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, hosildorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, suvni tejovchi texnologiyalar, intensiv bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish yoʻnalishidagi imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
— Bunday uchrashuvlar biz, yosh fermerlar uchun juda foydali,-deydi tadbir ishtirokchisi Nozimjon Sharobov. -Mutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalar orqali yetishtirilayotgan mahsulot hosildorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlarini yanada yaxshi tushunib oldik. Eng muhimi, davlat tomonidan fermerlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumotga ega boʻldik.

Forum yoshlarning qishloq xoʻjaligiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularni agrar sohada faol ishtirok etishga ragʻbatlantirish hamda fermerlikni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishga xizmat qildi. Bunday muloqot maydonlari tajriba almashish, ilgʻor usullarni ommalashtirish va sohani yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring