Arzon mahsulotlar — bayram dasturxoniga
Yangi yil bayrami hech bir xonadonda dasturxon bezatishsiz oʻtmaydi. Shu bois ham bayram arafasida bozorlarimizda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab odatdagidan bir necha bor ortishi tayin.
Shu bois ham mamlakatimizda bayramlar oldidan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining savdo yarmarkalarini tashkil etish anʼanaga aylangan.

Qarshi shahridagi “Yerqoʻrgʻon” dehqon (oziq-ovqat) bozorida ham arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi uchun zarur rastalar ajratilib, bu yerda hududdagi fermer va dehqon xoʻjaliklari oʻzlari yetishtirgan mahsulotlarni keltirib sotishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
- Reja asosida 2 ming tonnaga yaqin qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxira qilingan, — deydi bozor raisi Toshturdi Toʻrayev. — Omborlarimizda kartoshka, piyoz, sabzi, guruch kabi asosiy mahsulotlar mavjud. Yangi yil bayrami arafasida aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash maqsadida bayram yarmarkalarini tashkil etdik.

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatidagi barcha dehqon (oziq-ovqat) bozorlari hamda yirik savdo markazlarida ham arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil qilinib, ularda goʻsht, tuxum, yogʻ, poliz, sabzavot mahsulotlari va boshqa sarxil meva-chevalar sotilyapti.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring