“Arsenal” Angliya Liga kubogining finaliga yoʻl oldi
Kecha, 3-fevral kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining yarim final javob oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda Londonning “Arsenal” klubi oʻz maydonida hamshahari “Chelsi”ni qabul qildi.
Ushbu jamoalarning yarim finaldagi dastlabki oʻyini “Chelsi” maydonida oʻtgan va unda mehmonlar 3:2 hisobida gʻalaba qozongan edilar. Bu gal ham omad “toʻpchilar”ga kulib boqdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 90+7 daqiqada “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Kay Havers mualliflik qildi.
Shu tariqa, “Arsenal” klubi 8 yillik tanaffusdan soʻng yana Liga kubogi musobaqasining finaliga yoʻllanma oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring