AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi

14:32 18 Iyun 2025 Dunyo
247 0

Foto: Reuters

AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda “Sky News” telekanali xabar berdi.

Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama “urush harakatlari”ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.

“Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga ega. Isroil va Eron oʻrtasida davom etayotgan urush bizning urushimiz emas. U boʻlgan taqdirda ham Kongress bunday masalalarni Konstitutsiyamizga muvofiq hal qilishi kerak”, — deydi Massi.

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan Yaqin Sharq boʻyicha muzokaralar olib borish uchun yuqori martabali amaldorlarni yuborish rejalaridan voz kechgani maʼlum boʻlgandi. Taʼkidlanishicha, AQSH hozirda Eron — Isroil mojarosiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda.

“Fox News” xabariga koʻra, AQSH Yaqin Sharqqa qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda. Shuningdek, mintaqada joylashgan aviatsiya kuchlarini joylashtirish muddatini uzaytirmoqda.

CNN maʼlumotlariga koʻra, Donald Tramp AQSH harbiylariga Eronga qarshi havo hujumi paytida Isroil tomoniga yonilgʻi quyish toʻgʻrisida buyruq berishi mumkin va harbiylar bunga tayyorlanmoqda.

“Tramp Eronning yadroviy obyektlariga, shu jumladan, Fordodagi uranni boyitish markaziga zarba berishni koʻrib chiqmoqda”, — deb yozadi “Axios” nashri.

Oʻz navbatida, Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Xili London Yaqin Sharqdagi bazalariga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni yuborishni boshlaganini aytdi.

“Independent” maʼlumotlariga koʻra, samolyotlarning birinchi guruhi allaqachon manzilga yetib kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер