AQSHda maktab bitiruvchisi birdaniga 27 ta kollejga oʻqishga kirdi
Arxiv surat
AQSHda maktab bitiruvchisi birdaniga 27 ta kollejga oʻqishga kirgan va stipendiya sifatida 4 million dollar jamgʻargan.
Floridalik Jonatan Uoker oʻrta maktabni shu qadar muvaffaqiyatli tamomladiki, hozir butun mamlakat boʻylab 27 ta kollej uni oʻqishga qabul qilishga tayyor.
Uokerning oʻzi bundan hayratda ekanini bildirgan.
“Men hujjat topshirgan barcha kollejga kirganimga aql bovar qilmayapti”, deydi u.
Bundan tashqari, bunday shov-shuv tufayli Jonatan 4 million dollar stipendiya ham toʻplagan. Ammo u hozirda oʻqishni davom ettirishga katta eʼtibor qaratmayapti. Chunki Uoker kar va koʻrlarga yordam beradigan ixtirosi uchun patent olish jarayonida.
“Men doim odamlarga yordam beradigan qurilmalar yasashni istaganman, shuning uchun bu ishimni davom ettirmoqchiman”, deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring