AQSH Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarni yil oxirigacha hal etilishiga umid qilmoqda
AQSH maʼmuriyati Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Isroil va Eron oʻrtasidagi hamda Gʻazo sektoridagi qarshiliklarni joriy yil yakuniga qadar bartaraf etishga umid qilmoqda. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff maʼlum qildi, deb yozmoqda TASS.
— Rossiya, Ukraina, Eron, Isroil va HAMAS — shu hafta davomida biz ushbu uchta mojaro yuzasidan qator uchrashuvlar oʻtkazyapmiz. Ularni yil oxirigacha hal qilishga umid qilamiz, — dedi Uitkoff Oq uyda boʻlib oʻtgan prezident kabineti yigʻilishida.
Shuningdek, u AQSH rasmiylari bir qator davlatlarni Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan Avraam kelishuvlariga qoʻshish masalasini muhokama qilayotganini qoʻshimcha qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring