AQSH Oyda AES qurish dasturini jadallashtirmoqchi
Foto: РИА Новости
AQSH hukumati 2030-yilgacha Oyda 100 kilovattlik yadroviy reaktor oʻrnatishni rejalashtirmoqda. NASA yaqin kunlarda ushbu vazifani amalga oshirish uchun loyiha ijrochisini tanlash ishlarini boshlaydi.
Politico nashrining yozishicha, AQSH transport vaziri, shu bilan birga vaqtinchalik NASA rahbari vazifasini bajarayotgan Shon Daffi yaqin orada Oyda atom elektr stansiyasi (AES) qurish dasturini tezlashtirish boʻyicha rejalarni eʼlon qiladi.
Rasmiy hujjatlarda qayd etilishicha, Oyda birinchi boʻlib yadroviy inshoot qurgan davlat unda “taqiqlangan zona” joriy qilish huquqiga ega boʻladi. Bu esa boshqa davlatlar, jumladan, AQSH imkoniyatlarini jiddiy cheklab qoʻyishi mumkin.
— Bu ikkinchi kosmik poygada gʻalaba qozonish masalasi, — degan NASAʼning ismi oshkor qilinmagan rasmiylaridan biri.
AQSH shuningdek, Xalqaro kosmik stansiya (MKS)dan voz kechish va uni 2030-yilgacha xususiy stansiyalar bilan almashtirish jarayonini ham jadallashtirmoqchi. Ayni paytda bir nechta xususiy kompaniyalar NASAʼning ehtiyojlarini qondirish uchun oʻz loyihalarini taqdim etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring