AQSH-Xitoy texnologik urushi: kimda imkoniyat qanday?
Osiyo moliya bozorlarida AQSH va Xitoy oʻrtasidagi texnologik urush kuchayishi fonida aksiyalarning narxlari keskin pasayib ketdi. AQSH sunʼiy intellekt, kvant hisoblash va aerokosmik sohalarida Xitoyga nisbatan cheklovlarni kuchaytirayotgani investorlar orasida xavotir uygʻotmoqda. Bu haqda “Reuters” manbasi “Bloomberg” xabariga tayanib xabar berdi.
Nashrga koʻra, AQSH ittifoqchilari yordamida Xitoyga yarimoʻtkazgich texnologiyalari, ayniqsa, sunʼiy intellekt sohasida yetakchi boʻlgan “Nvidia” kompaniyasining chiplarini yetkazib berishga qoʻyilgan cheklovlarni yanada kuchaytirishni rejalashtiryapti.
Bunda tashqari, Gong Kongning “Hang Seng” indeksi dastlab 2,7% ga pasaydi. Bu esa texnologiya giganti boʻlgan “Alibaba” aksiyalarining 8% ga tushishi fonida sodir boʻlgani taxmin qilindi. “Alibaba” kompaniyasining AQSHdagi depozitor kvitansiyalari ham 10% ga qadrsizlandi. Shunga qaramasdan, investorlar qisqa muddatli pasayishdan foydalanib, aksiyalarni sotib olishni boshlagach, indeksdagi pasayish biroz yumshadi.
AQSH fond bozorida esa sunʼiy intellektga qaratilayotgan yirik investitsiyalar toʻgʻrisida shubhalar kuchaymoqda. “Nvidia” kompaniyasining haftaning chorshanba kuni eʼlon qilinadigan moliyaviy hisobotlari oldidan investorlar ehtiyotkorlikni birinchi chora sifatida koʻrishi mumkin. Tahlilchilar kompaniyaning choraklik daromadi 72% ga oʻsishini taxmin qilinayotgan boʻlsa-da, ammo bu natijalar investorlar ishonchini tiklay oladimi — bu hali nomaʼlum.
AQSh-Xitoy texnologik urushi global iqtisodiyot va innovatsiyalar bozorida muhim oʻrin tutadi. Xitoy esa oʻz navbatida texnologik mustaqillikka erishish uchun ichki ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga katta mablagʻ yoʻnaltirmoqda.
Pekin sunʼiy intellekt, 5G va kvant texnologiyalarini rivojlantirish orqali AQSH bilan teng raqobatlashishga harakat qilyapti. Bu texnologik urush Osiyo, Yevropa va hatto Lotin Amerikasi bozorlariga taʼsir oʻtkazishi mumkin, chunki koʻplab mamlakatlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy ziddiyatdan taʼsirlanadi. Ayniqsa, yarimoʻtkazgichlar va sunʼiy intellekt texnologiyalariga qaram boʻlgan sanoat tarmoqlari global taʼminot zanjirlarida uzilishlarga duch kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, AQSH va Xitoy oʻrtasidagi texnologik urush moliyaviy bozorlarga salbiy taʼsir koʻrsatishda davom etmoqda. Investorlar kelgusi haftalarda bozorlardagi vaziyatni aniqlashtiruvchi yangi iqtisodiy koʻrsatkichlarni intizorlik bilan kutayotgani, buning esa kelgusidagi ikki yirik davlatning tadbirkorlari oʻrtasidagi sovuq munosabatning vektorlari qanday boʻlishini aniqlab beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring