Angren quvur zavodi xorijiy hamkorlari safi kengaymoqda
Foto: Халқ сўзи
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibidagi Angren quvur zavodi jamoasi joriy yilning oʻtgan davrida 5 ming tonnadan oshiq mis quvurlari ishlab chiqarib, belgilangan rejani oshigʻi bilan uddaladilar.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan bu turdagi mahsulotga ichki va tashqi bozorda talab kun sayin ortmoqda. Chunonchi, eksport koʻrsatkichlari oshib, geografiyasi tobora kengayib borayotgani quvonarlidir. Eksport qilingan 41 million dollarlik mahsulotning asosiy xaridorlari Qozogʻiston, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkiya, Bolgariya va Belarus davlatlari sanaladi. Ayni kunlarda hamkorlar safi Misr va Germaniya davlatlari hisobiga oshishi kutilmoqda.
Eksport miqdorining koʻpayishi, tabiiyki, korxona ishchi-xizmatchilarining moddiy manfaatdorligini yaxshilashga, jamoaning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga imkon bermoqda.
Aytganday, korxona mahsulotlariga ichki bozordagi talablarni ham oʻrganish tizimi namunali yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilning oʻtgan davrida mahalliy xaridorlarga 749,8 tonna mahsulot yetkazib berildi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring