Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda qoramollarda yangi kasallik uchrayotgani va Andijondagi qoramol va chorva bozorlari tozalov uchun yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Andijon viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Qayumovga koʻra, viloyatdagi qoramollarda yangi kasallik turi aniqlanmagan va «yangi», deb aytilayotgan kasallik turi hududdagi qoramollarda mavjud emas.
«Bugungi kunda viloyatimizda epizodik vaziyat barqaror. Barcha tuman va shaharlarimizda shtablar tashkil qilingan boʻlib, doimiy faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, bozorlar veterinariya mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan. Goʻsht va goʻsht mahsulotlari tekshiruvdan oʻtkazilib, isteʼmolga chiqarilmoqda», deydi u.
Qoʻshimcha qilinishicha, kasallikka gumon qilingan qoramollar nazoratga olinib, tahlil tekshiruvlari oʻtkazilmoqda, uning natijalari boʻyicha axborot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring