Andijonda ikkita “Labo” hamda “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikkita “Labo” avtomashinasi hamda “Lacetti” bilan toʻqnashib ketgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, mazkur yoʻl-transport hodisasi 2026-yil 2-yanvar kuni soat 11:00 larda, Shahrixon tumani “Shoʻrqishlok” MFY hududidan oʻtgan Xalqaro ahamiyatga ega A-373 “Toshkent — Oʻsh” avtomobil yoʻlining 321 km.da sodir boʻlgan.
Unda haydovchi 1988-yilda tugʻilgan fuqaro R.X. oʻzining “Labo” avtomashinasida “Shahrixon — Andijon” yoʻnalishi boʻylab boshqarib kelib, yoʻlning belgilangan joyidan ortga qayrilib olish uchun toʻxtab turgan vaqtida, oʻzi bilan bir yoʻnalishda orqadan kelayotgan “Labo” avtomashina haydovchisi oraliq masofa saqlay olmasdan orqa qismiga borib urilib, rul boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi tomonga oʻtib ketishi oqibatida, oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Lacetti” avtomashinasi bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan. Avtomashinalar texnik shikastlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Asaka tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring