Andijonda 7 yoshli bola quduqqa tushib ketdi
Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumanida 7 yoshli bola quduqqa tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, tumanning “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yigʻinida, Maktab koʻchasida joylashgan uylarning biri hovlisidagi chuqurligi 40 metr, diametri 90 sm boʻlgan quduqqa uy egasining 7 yoshli oʻgʻli ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
Shundan soʻng, ular bolani olib chiqishda amaliy yordam soʻrab FVBga murojaat qilgan. Aytilgan manzilga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, maxsus texnikalar va anjomlar yordamida bola quduqdan sogʻ-salomat chiqarib olingan.
“Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring