Andijon IIBga yangi rahbar tayinlandi
Foto: IIV
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan polkovnik Sanjar Boʻronovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIV rahbari ishtirokida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi tashkil etilgan. Unda viloyat hokimi, Kengash aʼzolari, jamoatchilik faollari va hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari, shuningdek viloyatning huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etgan.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqilib, Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, polkovnik Sanjar Boʻronovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Sanjar Jabborov 2022-yilning oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgandi. Ungacha esa Namangan viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, Andijon viloyat IIBning avvalgi rahbari Ayubxon Rahmatullayev ayni damda ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring