Andijon delegatsiyasi Germaniyada dual taʼlim tizimi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Andijon viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Andijon tumanidagi 3-texnikum vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Germaniyaning Leypsig shahrida xizmat safarida boʻldi. Safarning asosiy maqsadi dual taʼlim tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va oʻzaro tajriba almashishdan iborat edi.

Tashrif chogʻida delegatsiya aʼzolari Germaniyaning “Zentrum für Aus-und Weiterbildung Leipzig GmbH (ZAW-Leipzig)” markazida elektro-texnika, metallarga ishlov berish va gastronomiya (oshpazlik) yoʻnalishlarida olib borilayotgan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mutaxassislar oʻrtasida samarali muloqot va fikr almashuvlar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvlar davomida “ZAW-Leipzig” rahbariyati bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalarini yoʻlga qoʻyish, xususan Andijon tumanida dual taʼlim tizimini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Safar kasbiy taʼlim sohasidagi aloqalarni kengaytirish va dual taʼlim tizimini rivojlantirishga xizmat qildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring