Albaniyada “SI-vazir” tashqi qiyofasidan mahrum boʻlishi mumkin
Albaniya hukumati “Diyella” nomli sunʼiy intellekt (SI) asosida yaratilgan virtual vazirning tashqi qiyofasiga boʻlgan huquqdan mahrum boʻlishi mumkin. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur SI obrazi aktrisa Anila Bishaning tashqi qiyofasi va ovozi asosida yaratilgan. U sudga murojaat qilib, oʻz tasviri noqonuniy tarzda qoʻllanilayotganini maʼlum qilgan.
Albaniya hukumati matbuot kotibi Manjola Hasa daʼvoni “absurd” deb baholagan.
“Bizningcha, bu daʼvo mutlaqo asossiz. Biroq masalani sud orqali uzil-kesil hal qilish imkoniyati borligidan mamnunmiz”, — dedi u.
“Diyella” davlat xizmatlari portali — e-Albania doirasida tuzilgan shartnoma asosida yaratilgan boʻlib, kelishuv faqat ushbu platforma bilan cheklanishi kerak edi. Shartnoma 2025-yil dekabr oyi oxirida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Shundan soʻng Bisha hukumat va loyihada ishtirok etgan xususiy kompaniyaga nisbatan sudga daʼvo arizasi kiritgan.
Sudga taqdim etilgan hujjatlarda aytilishicha, hukumat aktrisaning tashqi qiyofasini kelishilgan muddat va doiradan tashqari holda foydalanishda davom etgan. Bu esa unga jiddiy va qaytarib boʻlmas zarar yetkazgan.
Aktrisa sud qarori chiqqunga qadar oʻz tasviridan foydalanishni taqiqlashni talab qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring