Axsikentda yangi topilmalar
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan uch ming yillik tarixga ega qadimiy yodgorlik negizida barpo etilayotgan Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi topilmalar fondi 68 ta yangi tanga hamda 27 ta kitob bilan boyidi.
— VIII asrga oid Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar arab yozuvidagi bejirim xatga ega, — deydi arxeopark direktori Anvar Ikrom. — Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlar davrida hamda 1667-1670-yillarda Shvetsiya, 1836-yilda Buyuk Britaniyada zarb etilganlari mavjud. Kumush tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi — aversiga podshoning surati, orqa tomoni — reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan. Qoʻlyozma kitoblarda esa handasa, riyoziyot, ilmi nujum, tibbiyotga oid qimmatli maʼlumotlarni koʻrish mumkin.
Maʼlumot uchun, Axsikent kompleks ekspeditsiyasi ayni paytda qadim qoʻrgʻondagi Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi oʻrni — Yakkayigit bogʻida qazishma ishlarini olib bormoqda. Bu yerda qazib olinayotgan topilmalar keng jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotyapti.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring