Akademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi

11:30 18 Yanvar 2022 Jamiyat
1320 0

Oʻzbekiston Respublikasi Fan arbobi, Fanlar akademiyasi akademigi, oʻzbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, koʻplab shogirdlarning ustozi Baxtiyor Aminovich Nazarov 2022-yil 18-yanvarda 77 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Nazarovning ilmiy ishlari 20-asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyoti, xususan, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bagʻishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati oʻrganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplamini nashrga tayyorlashda katnashgan.

Milliy istiqlol gʻoyasi bilan sugʻorilgan, yangi tipdagi darsliklar (oʻrta maktabning 9, 11-sinflari uchun “Oʻzbek adabiyoti”, oliy maktab uchun “XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi”)ning mualliflaridan biri.

“Xalq soʻzi” tahririyati nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?