Ayrim texnikumlarga bir yilda 2-marta qabul tashkil etiladi
Foto: president.uz
Prezident raisligida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident Shirin shahri energetika kollejidagi tajribaga toʻxtaldi. Kollejda Saudiya Arabistonining “ACWA power” kompaniyasi buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Kompaniya 2,8 mln dollarga zamonaviy ustaxona, laboratoriya va yotoqxona barpo qilgan.
Hozirgi kunda kompaniya buyurtmasi asosida 140 nafar yoshlarni muqobil energiya stansiyasi texnigi, operatori va dispetcheri kabi kasblarga tayyorlash boshlangan.
Viloyat hokimlariga Oliy taʼlim vazirligi va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda shu tajriba asosida har bir tuman, shahar kesimida:
— yirik ish beruvchilar va xorijiy korxonalar bilan muzokara olib borib, texnikumlarni yirik sanoat korxonalari va klasterlarga biriktirish;
— har bir viloyatda kamida 2 tadan texnikumda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish topshirildi.
Ayrim texnikumlarga bir yilda 2-marta qabul tashkil etish amaliyotini boshlash vazifasi qoʻyildi.
Bandlik vazirligiga oʻtayotgan 70 ta muassasa negizida monomarkazlar, shundan 25 tasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish shartligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring