Ayrim hududlar aholisiga bogʻcha puli kamaytirib beriladi

11:46 02 Mart 2026 Hujjatlar
620 0

“Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun moʻljallangan dasturlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, 2026-yil 1-apreldan maʼmuriy boshqaruv jihatdan Nukus shahri tarkibiga kiruvchi “Qaratau” va “Bestobe” mahalla fuqarolar yigʻinlari aholisiga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻloviga 50 foiz kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.

Shuningdek, maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari) xizmatlari boʻyicha mazkur hududda faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga 2027-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalari 90 foizga kamaytirilgan holda qoʻllaniladi.

2028-yil 1-yanvarga qadar:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklarining balansida boʻlgan mol-mulk obyektlari bozor narxida qayta baholanib, 10-yil davomida foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinadi;
  • realizatsiya qilingan mol-mulk obyektlari boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq toʻlovlar 6 oy ichida toʻliq toʻlanganda shartnoma qiymatining 25 foiziga teng miqdorda chegirmalar beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?