Ayrim bogʻchalarda kam taʼminlangan oilalar farzandlari tekinga tarbiyalanadi
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-tur doirasida Toshkent viloyatida bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi va Oʻzbekiston pedagogik kollejlarida dual taʼlimning joriy etilishini namoyish etdi.
Press turda qayd etilishicha, davlat xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlar kam taʼminlangan oilalarga imtiyozlar beradi.
Xususan, Erudit Kids Planet – nodavlat MTT boʻlib, Nurafshon shahridagi DXSH asosida faoliyat yuritadi. Quvvati 100ta oʻringa moʻljallangan. MTTda 14 nafar xodim ishlaydi, ingliz va rus tillari boʻyicha qoʻshimcha bilimlar beriladi, shuningdek taekvondo, xoreografiya kabi mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Kam taʼminlangan oilalardan ota-ona toʻlovi DXSH kelishuviga doir davlat tomonidan belgilangan tariflar asosida olinadi (Nurafshondagi MTTda 113-159 ming soʻm). Shuningdek, ushbu NMTT taʼsischisining shaxsiy tashabbusi kam taʼminlangan oilalardan Erudit kids planet NMTTsiga qatnayotgan ayrim bolajonlarning kelishi bepuldir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring