Aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi

Soʻnggi yetti yilda yoʻl qurish va taʼmirlashga berilgan 61 trillion soʻmning asosiy qismi xalqaro va respublika yoʻllariga toʻgʻri keladi. Lekin oʻlim bilan bogʻliq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yoʻllarda boʻlyapti.
Ayniqsa, aholi jamoat transporti sifati va tirbandliklardan mutlaqo norozi ekani qayd etildi.
Aholining yana bir eʼtirozi – yoʻllardagi kameralar dislokatsiyasi. Ular faqat qoidabuzarlikni qayd etib, jarima yozish uchun ishlayapti. Bu kameralar aslida transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyani kamaytirishga xizmat qilishi kerakligi taʼkidlandi.
Chorraha, chiziq va yoʻl belgilarini toʻgʻrilash, svetoforlarni “aqlli” boshqaruvga oʻtkazish boʻyicha ishlar sustligi tanqid qilindi.
Poytaxtda transport harakatini sunʼiy intellekt asosida tartibga solish boʻyicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt boʻlgani, lekin natija yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring