Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Gretsiyaning Kosta-Navarino shahrida Xalqaro olimpiya qoʻmitasining 144-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda yashirin ovoz berish yoʻli bilan Zimbabvelik 41 yoshli Kirsti Koventri qoʻmita prezidentligiga sakkiz yillik muddatga saylandi.
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.
“Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi”, degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.
Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha ikki karra Olimpiada chempioni, jahon chempionatlarining koʻp karra gʻolibi va Zimbabve sport, dam olish, sanʼat va madaniyat vaziri hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring