Abu Dabida “Kichik Oʻzbekiston” ochildi
Joriy yilning 18-noyabr kuni Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida boʻlib oʻtayotgan “Shayx Zoid” festivali doirasida “Oʻzbekiston” pavilyonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Festival ishtirokchilari “Oʻzbekiston” pavilyoniga tashrif buyurib, mamlakatimizda tayyorlangan misgarlik, kulolchilik, milliy matolardan tayyorlangan mahsulotlar namoyishiga guvoh boʻlishi mumkin. Shuningdek, pavilyonda milliy kuy-qoʻshiqlar hamohangligida Oʻzbekistonning gastronomik imkoniyatlarini koʻrsatish maqsadida turli milliy taomlar tayyorlanib, dasturxonga tortilmoqda.
Mazkur pavilyonning ochilish marosimida 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Abu Dabidagi oʻzbekistonliklar ishtirokida tantanali tadbir oʻtkazildi. festivalning markaziy monitorida Oʻzbekiston bayrogʻi jilolanib, davlat madhiyasi yangradi. shuningdek, 10 daqiqa davomida yurtimiz sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan roliklar namoyish etildi.
Diplomatik vakolatxonalar hamda faol vatandoshlar ishtirokida festivalning markaziy maydoni boʻylab bayroqlar bilan parad uyushtirildi.
Maʼlumot uchun, “Shayx Zoid” madaniy meros anʼanaviy festivali beshinchi marta tashkil etilmoqda va u 2023-yil 17-noyabrdan 2024-yilning 9-martiga qadar davom etadi.
Festival uchun tashkil etilgan shaharchada 20 dan ortiq ishtirokchi mamlakat pavilyonlari, Sanʼat shaharchasi, “Selfiye street” maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonchalari, gullar shaharchasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavilyonlari tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring