8-mart kuni metan “zapravka”lar soat 10:00 dan ishlaydi

10:49 08 Mart 2026 Jamiyat
624 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistondagi metan “zapravka”lar 8-mart kuni soat 10:00 dan faoliyat yurita boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Vazirlik xabarida bugungi kun uchun metan “zapravka”lar faoliyati vaqtiga cheklov belgilanmagan. Yaʼni kecha, 7-mart kuni mazkur shoxobchalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar ishlashi belgilangan edi. Fargʻona vodiysida ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshirilishi qayd etilgandi.

Bugun esa shu cheklov vaqti aniq koʻrsatilmadi, shuningdek, vodiy viloyatlaridagi “zapravka”larning ish vaqti ham gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshirilishi belgilandi.

Joriy yilning 6-mart kuni metan “zapravka”lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritishi eʼlon qilindi. Energetika vazirligi magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash, bir meʼyorga keltirish ishlari davom ettirilayotganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?