470 ming dona kitob taʼlim muassasalariga bepul tarqatiladi
Foto: "Xalq so'zi"
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bolalar va yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyati, maʼnaviy saviyasini yuksaltirish maqsadida “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 200 nomdagi kitoblar chop etilishi rejalashtirilgan. Buning uchun tashkilot tomonidan 10 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.
Yangidan nashr etilgan jahon va oʻzbek adabiyotining durdona asarlari 2019 yil davomida mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktabi va oliy taʼlim muassasalariga bepul yetkazib beriladi.
— Hozirgi kunda tashkilotimiz qoshidagi “Yoshlar nashriyot uyi” tomonidan 47 nomdagi badiiy asarlar 10 ming nusxadan jami 470 ming dona kitob chop etildi, — deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanova. — Ular yangi yilda respublikamizdagi 9 ming 636 ta maktab va 85 ta oliy taʼlim muassasasiga joʻnatiladi. Kitoblarni rus va ingliz tillarida ham chop ettirish hamda chekka-chekka qishloqlarga yetkazib berishni maqsad qilganmiz.
Dilshod KARIMOV
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring