29 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari sifatsiz ekanligi aniqlandi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan isteʼmolga yaroqsiz, inson hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan mahsulotlar sotilishining oldini olish maqsadida 31 turdagi 157 ta mahsulotlarning nazorat xaridini amalga oshirildi.
Bunda 19 ta savdo belgisi ostidagi osh tuzi, 9 ta kolbasa mahsulotlari, 25 ta sut va sut mahsulotlari, 13 ta ketchup va mayonez, 4 ta maishiy texnika, 13 ta benzin hamda 75 ta boshqa tovarlardan namunalar xarid qilingan va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida ekspertizadan oʻtkazilgan.
Natijada, 9 ta osh tuzi namunasida, 5 ta sut va sut mahsuloti, 3 ta kolbasa va boshqa 8 turdagi, jami 29 ta oziq-ovqat mahsuloti belgilangan normativ-texnik hujjatlarga mos kelmasligi aniqlandi.
Xususan, Qoraqalpogʻistondagi “Tap-Tatti” qandolat mahsuloti va Sirdaryodagi “Salar meat Products” MCHJning “Andalus doktorskaya” kolbasa mahsulotining qadogʻi tamgʻalanish talablariga javob bermagan. Bundan tashqari, Surxondaryoda “Begomotik BONDI” pechenyesining yaroqlilik muddati oʻtib ketgan.
Navoiydagi “Fayzli” osh tuzida ham yod miqdori talabga javob bermadi. Samarqanddagi “Happy oil” MCHJ ishlab chiqargan 95-AI markali benzin sifatsiz deb topildi. Namanganning “Sherbuloq qatiq” sut mahsuloti esa muddati oʻtgan va isteʼmolga yaroqsizligi maʼlum boʻldi.
Raqobat qoʻmitasi vakolatli organlarga ushbu mahsulotlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring