2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
Arxiv foto
Bugun, 26-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda, jumladan, “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida“gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasining konsepsiyasi yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov maʼruza qildi.
Vazirning taʼkidlashicha, 2025-yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablagʻ ajratilgan, shu jumladan ish haqi, pensiya va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash hamda inflyatsiya darajasidan kam boʻlmagan miqdorda oshirib borish koʻzda tutilgan.
Inflyatsiya darajasi esa 7 foiz boʻlishi kutilmoqda.
Loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini saqlab qolinmoqda.
Xususan, kambagʻallikni qisqartirishga jami 20 trln. soʻm mablagʻ ajratilmoqda. Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablagʻlarning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini taʼminlashga qaratilgan choralar loyihada oʻz aksini topgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring