2021-yildan gidrometeorologiya maʼlumotlari pulli boʻladi
2021-yildan gidrometeorologiya maʼlumotlarini sotib olish jarayoniga oʻtiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzod Habibullayev maʼlum qildi.
«Gidrometeorologiya xizmatining asosiy foydalanuvchisi — davlat tashkilotlari, yirik klasterlar, yirik fermerlar va albatta investorlardan iborat.
2021-yilda gidrometeorologiya xizmati sifatini oshirishga asosiy eʼtibor qaratilsa, 2022-yilda davlat mablagʻlarini 30 foizga kamaytirish rejalashtirilgan. 2021-yilda maʼlumotlarni sotib olish jarayoniga oʻtish rejalashtirilmoqda. Yaʼni, davlat xizmatlaridan tashqari xususiy sektorni shakllantirish nazarda tutilmoqda.
OʻzMuda Rossiya Gidrometeorologiya universitetining shu yoʻnalishdagi fakulteti ochiladi.
Yangi geoportal tizimi test rejimida ishga tushyapti. Buning yordamida xavfli zonalar, xavfli hududlar boʻyicha kartaga oldindan tushiriladi va ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi», dedi Habibullayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring