17-mart kuni necha daraja iliq boʻladi?

22:20 16 Mart 2026 Jamiyat
310 0

“Oʻzgidromet” 17-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʻlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʻzi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʻzi joylarda sekundiga 13-18 metrgacha boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻlib, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʻzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Baʻzi joylarda yogʻingarchilik boʻlib, yomgʻir va qor yogʻib, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-2 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?