100 million soʻmlik mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik maqsadida yurtimizga turli qingʻir yoʻllar bilan olib kelinayotgan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga bojxonachilar oʻz vaqtida chek qoʻyishmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazdi.
Tadbir davomida fuqaro Z.R. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy qiymati 100 million soʻmlik 867 dona kiyim kechaklar borligi aniqlandi
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring