1-yanvardan Oʻzbekistonda internet narxi yanada arzonlashadi

18:01 24 Dekabr 2019 Jamiyat
1787 0

2020-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekistonda tashqi internet kanallari uchun tarif narxlari pasaytiriladi. Bu haqda “Oʻzbektelekom“ tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida xabar berildi, deb yozmoqda “Xalq soʻzi“ muxbiri.

Manbaga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tashqi kanal uchun tariflar 1 Mbit/s uchun 56 ming soʻmgacha pasayishi (-20%) kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil davomida operatorlar va provayderlar uchun tashqi kanal uchun tariflar 1 Mbit/s uchun 85 ming soʻmdan 70 ming soʻmgacha (pasayish 17%) tushirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?