OʻzMUning 30 yoshli talabasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi

22:09 08 Fevral 2020 Siyosat
1926 0

Arxiv surat

Hukumat qarori bilan Yusuf Qodirovich Absoatov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Toshkentda olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvda OʻzMU talabasi YusufAbsoatovni vazir oʻrinbosari lavozimiga tavsiya etgandi.

Absoatov 31-yanvar kuni prezident bilan uchrashuvda taʼlim sohasiga oid taklifini ilgari surgan, OTMlar va maktablarni oʻzaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish gʻoyasi haqida soʻzlab bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?