Zominda IIB binosida ishlayotgan 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib halok boʻldi
19-noyabr kuni Jizzaxda bir yoʻla 7 nafar ishchi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 19-noyabr kuni, soat 07-30larda Jizzax viloyati, Zomin tumani IIB 10-sonli boʻlinmasi binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 nafar yollanma ishchilar is gazidan zaharlanib, voqea joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 207-moddasi 3-qismi “a“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring