Jizzaxda ikki nafar gazchi pora bilan qoʻlga olindi

14:00 17 Mart 2026 Jamiyat
142 0

Jizzax viloyatida dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni vaʼda qilgan gazchilar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur shaxslar Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda qoʻlga olingan. Aniqlanishicha, “Sharof Rashidovtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi gazchilari J.A. va Gʻ.X. oʻzaro til biriktirgan.

Shundan soʻng, fuqaro D.I.ga goʻyoki xonadonidagi tabiiy gaz hisoblagichi buzilganini aytib, ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 10 mln soʻm talab qilgan. Ular 5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritishga ham erishgan.

Qayd etilishicha, tadbir davomida ular tomonidan 5 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер