Janubiy Koreyada ishlash uchun qanday test imtihonlari oʻtkaziladi?
Arxiv surat
Maxsus test (Special eps-topik) imtihoni 1 bosqichdan iborat boʻlib, Koreya Respublikasi talabiga asosan, 1 yilda 3 marotabagacha oʻtkazilishi mumkin.
Maxsus test (Special eps-topik) imtihonida quyidagi fuqarolar qatnashishi mumkin:
1. Koreya Respublikasi tomonidan taqdim qilingan roʻyxatda mavjud boʻlgan fuqarolar;
2. Yosh chegarasi 39 yoshgacha boʻlgan fuqarolar;
3. Xorijga chiqish uchun taqiqi mavjud boʻlmagan, yaʼni xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar;
4. Har tomonlama sogʻlom, yuqumli kasallikka chalinmagan fuqarolar;
5. Koreya Respublikasi hududiga kirishga taqiqi yoʻq fuqarolar;
6. Sudlanmagan fuqarolar;
7. Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddatda ishlamagan fuqarolar.
Maxsus test (Special eps-topik) imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni avvalgi ish beruvchi korxona tanlashi mumkin. Agarda korxona faoliyati tugatilgan (bankrot) boʻlsa yoki korxona roʻyxatga kiritgan ishchisini maʼlum sabablarga koʻra shartnoma loyihasini yubormagan (shartnoma bermasa) taqdirda, nomzod umumiy tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Tanlovlar bazasiga kirgan nomzodlarning maʼlumotlari 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovida qatnashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring