Janubiy Koreya kompaniyasi Surxondaryoda qurilish materiallari ishlab chiqaradi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Janubiy Koreyaning “IKC Construction” kompaniyasi vakillari bundan avval vohada qurilish materiallari va polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning kompaniya rahbari Seog Gi Son bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida loyihani amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar, yangi kompaniyani tashkil etish, xorijiy sarmoyani jalb qilish orqali investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Umumiy maydoni 9,8 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming tonna mahsulot boʻlib, qurilish ishlarini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring