Yuriy Gagarin Rishtonga nega kelgandi?
Ikkinchi jahon urushining fargʻonalik afsonaviy qahramoni Mamadali Topvoldiyev Belarus oʻlkasida koʻrsatgan jasorati bilan mashhur boʻlib, u haqida oʻnlab kitoblar, hujjatli filmlar yaratilgan.

Urushdan keyingi yillarda Rishton tumanidagi Zohidon qishlogʻini har tomonlama obod boʻlishiga ulkan hissa qoʻshgan bu inson tinchlik davrida ham urush yillaridek qahramonlik koʻrsatgan edi. Uning rahbarligida viloyatning eng qadimiy va katta qishloqlaridan boʻlgan Zohidonda keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borildi. Aynan shu insonning tashabbusi bilan oʻz davrida Zohidonga juda koʻp mashhur insonlar, xususan, birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin tashrif buyurgandi.
Yaqinda Rishton tumanida Mamadali Topvoldiyev tavalludining 100-yilligi munosabati uning haykali tantanali ravishda ochildi. Oʻtkazilgan tadbirda qishloq nuroniylari qahramonning urush yillarida koʻrsatgan jasorati, keyingi davrdagi ezgu tashabbuslarini faxr bilan esga oldilar.
— Belorussiyada haligacha bobomni afsonaviy qahramon sifatida eslashadi, — deydi uning nabirasi Mamadali Topvoldiyev. — Bir necha marotaba bobom jang qilgan oʻlkada boʻldik. Uning avlodlariga boʻlgan hurmat va eʼtibordan boshimiz koʻkka yetdi. Men shunday qahramonning zurriyoti boʻlganimdan haqli ravishda faxrlanaman.
B.MADIYOROV,
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring