Yozyovonda Ma’naviyat va ma’rifat maskani ochildi
Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida Yozyovon tumanida Ma’naviyat va ma’rifat markazi foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov, tuman hokimligi mas’ullari, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Markaziy Farg‘ona cho‘lida joylashgan tumanda keyingi yillarda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar bo‘y ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida esa bunyodkorlik ishlari qizg‘in. Yozyovonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ham e’tiborda.
Keyingi ikki yilda Farg‘ona viloyati shahar-tumanlarida barcha zamonaviy sharoitlar va qulayliklarga ega 12 ta Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring