Yozda yopinchig‘ing tashlama, qishda o‘zing bilasan...

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Iliq kunlar ortidan dabdurstdan yoqqan qor tabiat qudrati va injiqliklari oldida inson hamisha ojiz ekanini yana bir bor namoyon etdi... Qish uyqusidan uyg‘onib, gul ochgan daraxtlar oppoq qor ostidan xomush mo‘ralaydi. Oftobni sog‘ingan maysalar duv-duv yosh to‘kadi.
Bog‘u rog‘lar, xiyobonlar, ko‘chalar qordan tozalanmoqda. Dala ishlariga kirishgan dehqonlarning ham yumushi ortgan. Allaqachon bahoriy kayfiyat bilan yengil kiyimlarga o‘tganlar yana egniga pal'tosini ildi. Axir bemavrid tushgan sovuqda shamollab qolish hech gap emas.
Ularga asrlar silsilasidan ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bir naqlni eslatmoqchimiz: “Yoz yopinchig‘ing tashlama, qish o‘zing bilasan”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring