Yoshlarga – ibrat, ustozlarga – mukofot
Kishi oʻzi oʻqigan maktab, xat-savodini chiqargan muallimlarni tez-tez eslaydi, bolalikning shirin xotiralarini unutmaydi. Shu tuygʻu tadbirkorlik ortidan el-yurtda obroʻ orttirgan Nasriddin Suvonovga tinchlik bermadi. “Jonajon maktabim uchun bir xayri ish qilaman”, degan niyatni diliga tugdi.
Maqsadiga yetdi ham. Qorakoʻl tumanidagi “Mallaishayx” mahallasida oʻsib-ulgʻaygan bu yurtdoshimiz oʻzi tahsil olgan 20-sonli umumtaʼlim maktabining binosini mukammal taʼmirlab berdi. Oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida qurilgan, taʼmirtalab ahvolga tushgan binoni shu kun talablariga javob beradigan zamonaviy qiyofaga keltirish uchun u oʻz hisobidan 1 milliard 200 million soʻm miqdorida mablagʻ sarfladi. 210 oʻquvchi oʻrniga ega shinamgina inshootda endilikda oʻquv samaradorligini yanada oshirish imkoniyati, oʻquvchilarning toʻlaqonli bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlar bor. Deylik, xorijdan keltirilgan partalar oʻquvchilarning yoshiga mos tarzda sozlanadi. Bu kabi qulayliklardan pedagoglar ham mamnun.
— Bilim dargohimizdan Nasriddin Suvonovga oʻxshagan aql-zakovatli, maʼrifatparvar, dunyoqarashi keng koʻplab shogirdlar yetishib chiqqan. Ular bilan faxrlanamiz, — deydi keksa pedagog Sotiboldi Soyibov. — Sobiq oʻquvchilarimizning el orasida obroʻ-eʼtibor topib, yurtimizga qayishayotganidan koʻnglimiz ravshan tortadi. Tadbirkor shogirdimizga kelsak, uning bu ezgu amali yoshlarga ibrat, ustozlar uchun esa mukofotdir.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring